OTMlarda kontrakt yoki “superkontrakt” asosida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddatini uzaytirish masalasini OTM rahbari hal qiladi.
2024−2025 o‘quv yilidan davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi. Parametrlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov rektorlarni saylash haqida gapirib, bu masala “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga kiritilgani va muhokamada ekanini aytdi. “Rektorlarni saylashga tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin qilsak bo‘ladi”, — dedi u.
O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining madaniyat hamda san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Mazkur lavozim jamoatchilik asosida joriy etilgan va unga haq to‘lanmaydi.
Shoxrux Daliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Otabek Mahkamov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning talabalari o‘qishni boshqa universitetga ko‘chirishi mumkinligini ma’lum qildi. Hozirgacha 5 ta xususiy universitetning litsenziyasi bekor qilingan, 1 tasining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buni rad etib, majburiyat o‘z kuchini yo‘qotmaganini izohladi.
Oliy ta’lim vazirligi universitetlar ma’muriyatlari talabalarni referendumda ovoz berishga majburlayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Vazirlik talabalarni huquqlari buzilgan taqdirda, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting